((ru:Мероприятия))((en:Events))((uz:Tadbirlar))

((uz:Barakali hosil —zahmatli mehnat mahsuli))

((uz:Barakali hosil —zahmatli mehnat mahsuli))

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanining 379 fermer xo‘jaligi mo‘l g‘alla hosili yetishtirdi. Ayni kunlarda o‘rim-yig‘im ishlari yakuniga yetmoqda. Tajribali mirishkor Nurbek Saparboyev rahbarlik qilayotgan «Saparboy-Qo‘ziboy» fermer xo‘jaligi davlatga g‘alla sotish bo‘yicha shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. —G‘alladan bo‘shagan maydonlarga kartoshka, sabzi, pomidor, kungaboqar kabi takroriy ekinlar ekmoqdamiz, - deydi N.Saparboyev. — Erta bahorda ekilgan 40 gektar maydondagi g‘o‘za ham baravj o‘smoqda. Texnikalarimiz yetarli. Nasib bo‘lsa, kuzda xalqimiz dasturxoniga bir nechta turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni rejalashtirganmiz.

((uz:Bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda))

((uz:Bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekilmoqda))

Sirdaryo viloyati g‘allakorlari davlatga 205 ming 301 tonna don sotib, shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. – Uyushmamizdagi 32 fermer xo‘jaligining qariyb barchasi g‘alla bo‘yicha shartnoma rejasini ortig‘i bilan uddaladi, – deydi Sardoba tumanidagi “Baxmal” suv iste’molchilari uyushmasi rahbari Botir Abdullayev. – Ayni paytda g‘alladan bo‘shagan maydonlar peshma-pesh shudgor qilinib, takroriy ekinlar ekilmoqda.

((uz:Investitsion loyihalar ishlab chiqarish samaradorligini taminlaydi))

((uz:Investitsion loyihalar ishlab chiqarish samaradorligini taminlaydi))

“O'zdonmahsulot” AK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish, yangi ish hrilarini yaratish, ish unumdorligini yanada yaxshilash, sohaga eng so'nggi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf etiladigan elekt energiyasi va vaqtni tejash evaziga yuqori ish unumdorligiga erishish maqsadida bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.

((uz:Hosil yanada barakali bo‘ladi))

((uz:Hosil yanada barakali bo‘ladi))

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Hayotbek zamin tolasi” fermer xo‘jaligi 51 gektar yer maydoniga ega. Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jalikda 35 ishchi mehnat qiladi. O‘tgan yili xo‘jalik a’zolari g‘alladan 65 sentnerdan hosil olishga erishdi. Joriy mavsumda yanada barakali hosil olish niyatida barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazmoqda.