Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat turi joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP)da manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha yangi xizmat ishga tushirildi. Mazkur davlat xizmati jismoniy shaxslarga fuqarolarning mamlakat hududida yashashi uchun ro‘yxatga qo‘yish va chiqarishni tasdiqlovchi ma’lumotnomani olish bo‘yicha elektron ariza berish imkoniyatini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi xizmatni taqdim etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining manzil-ma’lumot byurosi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlardagi ichki ishlar boshqarmalari vakolatli organlar hisoblanadi.
Yangi xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi maxsus login va parolni kiritgan holda Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) orqali amalga oshiriladigan YAIDXPdagi jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirishi zarur. «Xizmatlar» bo‘limida yoki «Ma’lumotlar» kategoriyasi bo‘yicha xizmatlarni saralash orqali foydalanuvchi vakolatli organga elektron ariza yuborishi mumkin.
Bunda foydalunuvchi YAIDXP orqali faqat o‘zining shaxsiy manzil-ma’lumot axborotlariga so‘rov yuborishi va uni qabul qilishi mumkinligini hisobga olish joiz. Bu esa arizaning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi zaruriyatini ta’minlaydi. Barcha amaliyotlar amalga oshirilgandan so‘ng uch kun mobaynida o‘rnatilgan tartibda fuqaro ro‘yxatdan o‘tganligi va chiqarilganligini tasdiqlovchi manzil-ma’lumot axborotlarini olish bo‘yicha yuborilgan so‘rovga ma’lumotnoma ko‘rinishidagi javob yuboriladi.
UzA

Бошка Mamlakat yangiliklari
- O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi
- Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi
- Xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi
- O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida