"O`zdonmahsulot" AK

"O`zdonmahsulot" AK yangiliklari

Respublikamizda 2019 yilda 1 million 490 ming 660 tonna kartoshka yetishtiriladi

Respublikamizda 2019 yilda 1 million 490 ming 660 tonna kartoshka yetishtiriladi

2019 yil uchun respublikada jami 135 ming 641 gektar yerga sabzavot, 60 ming 156 gektar yerga poliz ekinlari joylashtiriladi hamda 2 mln 875 ming 640 tonna sabzavot, 1 mln 59 ming 240 tonna poliz ekinlari yetishtiriladi. ”2019 yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarorida bu koʻrsatib oʻtilgan. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

“Oʻzdonmahsulot” AK 2018 yilda 715 million soʻm mablagʻni iqtisod qildi

“Oʻzdonmahsulot” AK 2018 yilda 715 million soʻm mablagʻni iqtisod qildi

Milliy matbuot markazida “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda investitsion loyihalarni amalga oshirish, mahsulot turlarini koʻpaytirish, sifatni yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha bajarilayotgan ishlar va 2019 yil uchun belgilangan vazifalarga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.