Asosiy menu

Yangi binoda samarali mehnat kutmoqda

Vatanimiz mustaqilligining 28 yillik to‘yi arafasida bayram shodiyonalari yurtimizning barcha hududlarida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.
Jumladan, «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi korxonalarda ham ushbu ayyom keng nishonlanmoqda. «Asaka don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida bayramga tuxfa sifatida yangi laboratoriya binosi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
Qayd etish lozimki, yangi laborotoriyada 14 nafar ishchi-xodimlar samarali faoliyat yuritadi. Zamonaviy binoga joylashgan yangi loborotoriya jihozlari hamda xodimlarga yaratib berilgan imkoniyatlar ish unumdorligining oshishiga xizmat qilibgina qolmay, mahsulot sifatini aniqlashda bir qator qulayliklar tug‘dirishi ko‘zda tutilgan. Zero, laboratoriyaga e’tibor, sifatga e’tibordir.
Yangi binoning ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqan korxona mutasaddilari barchani ulug‘ ayyom bilan qutlashdi. Laboratoriya xodimlariga yangi va zamonaviy sharoitda uzoq va samarali mehnat asnosida korxona rivoji uchun xizmat qilish imkoni yaratilganligi aytib o‘tildi.




Axborot xizmati.