Asosiy menu

Asosiy vazifalar va faoliyat yo’nalishlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6-avgustdagi 376-sonli qaroriga asosan «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urug‘lik xarid qilish, joylashtirish va saqlashni ta’minlash;
  • yuqori sifatli un navlari, yorma, omuxta yem, shuningdek, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlashni tashkil etish;
  • don mahsulotlari tarmog‘i korxonalarining don yetishtiruvchilar - shirkat va fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro munosabatlari mexanizmlari, shu jumladan donni qabul qilish, sifatini baholash va hisobga olish masalalarini takomillashtirish, don sifatini ta’sirchan nazorat qilish va uni xolisona baholash tizimini yaratish;
  • don mahsulotlari tarmog‘i korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga ko‘maklashish;
  • don mahsulotlari tarmog‘i korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari ko‘rsatish, ularning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

"O‘zdonmahsulot" kompaniyasi tarkibiga kiradigan 35 don mahsulotlari korxonalari va ularning filiallari O‘zbekistonda yetishtiriladigan bug‘doyni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi.

Faqat "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan don mahsulotlari korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan bug‘doy va urug‘lik xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek davlat zaxirasidagi oziq-ovqat bug‘doyini saqlash huquqiga egadirlar.

Kompaniya tarkibiga kiruvchi barcha mulkchilik shaklidagi don mahsulotlari korxonalari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik qiladi. Kompaniya iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi, iqtisodiyotni bozor sharoitida boshqarishni tashkiliy tarkibi samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi. Kompaniya ijro apparatiga va korxonalarga rahbarlik lavozimiga tavsiya etilgan kadrlarni kompaniya boshqaruvi bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqiladi va Prezident Devoni hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Kompaniya ishida rejalashtirish va tadbirlarni bajarilish, ijro intizomini mustahkamlash yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlari, hamda davlat idoralari va tashkilotlaridan kelgan xat-hujjatlar, shuningdek, kompaniya Boshqaruvi buyruqlarining bajarilishi masalalari ta’minlangan.

Davlat ehtiyojlari uchun don va urug‘likni tayyorlash, joylashtirish, saqlashni tashkil etish masalalari yo‘lga qo‘yilgan.

Don mahsulotlarini ishlab chiqarish, mahsulot turini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, dondan yuqori texnologik foydalanish masalalari olib boriladi.

Don resurslarining ratsional tashilishi va iste’molchilarga yetkazib berilishi tashkillashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmonida xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, eski bo‘linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo‘linma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta’minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish kabi vazifalar belgilab berilgan.

"O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasida quyidagi boshqarmalar faoliyat olib boradi

Strategik rejalashtirish va biznesni rivojlantirish boshqarmasi, Moliya va bugalteriya hisobi boshqarmasi,  Marketing, eksport va sifat boshqarmasi, Investitsiya va yangi texnologilarni joriy etish boshqarmasi, Ishlar boshqarmasi, Maxsus ishlar va donning davlаt zahirasi hisobini yuritish bo‘limi, Don mahsulotlarini qayta ishlash va mahsulotlarning yangi turlarini joriy etish boshqarmasi, Don resurslari va ularni tashishni tashkil etish boshqarmasi, Axborot texnologiyalari boshqarmasi, Don va urug‘likni tayyorlash, saqlashni tashkil etish boshqarmasi, Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi, Ichki monitoring va komplaens nazorat bo'limi  va Yuridik xizmat.   

Tarmoqda iqtisodiy islohotni chuqurlashtirish masalalari yo‘lga qo‘yilgan.

Kompaniya tizimidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish masalalari mavjud.

Byudjet va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Qonunlari doirasida olib boriladi.

Kompaniyada va tizim korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritilishi va belgilangan hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishi masalalari yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat ehtiyojlari uchun don xarid qilishda qishloq xo‘jalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitobni amalga oshirish masalalari tizimli tashkil etilgan.

Xorijiy investisiyalarni sohaga jalb qilish masalalari yo‘lga qo‘yilgan.

Don mahsulotlari korxonalarini zamonaviylashtirish va yangi texnika bilan qayta jihozlash masalalari investitsiya loyihalari asosida olib boriladi.

Don va don mahsulotlarining ichki va tashqi bozor kon’yunkturasi monitoringi mavjud.

Eksport qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy omillarni o‘rganish hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash masalalarini muvofiqlashtirish choralari ko‘rilgan.


Kompaniya yuqori turuvchi organi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.

Yuqori turuvchi organ saytiga o'tish -   www.gov.uz


Kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni - 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.


           «O‘zdonmahsulot» AK ning muvofiqlashtiruvchi kengash raisi - 


Uzaqov Shuxrat A'lamovich     

STIR  201051421

 

 

Kengash faoliyatida -

- «O‘zdonmahsulot» AK tizimi korxonalarida sohani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida;

- Korxonalarda mahsulotlar ishlab chiqarish, mahsulot sotish hamda pul tushumlari to‘g‘risida;

- G‘alla hosili qabul qilish uchun moddiy-texnika bazasini tayyorlash ishlarining ahvoli to‘g‘risida;

- Ochiq maydonlarga qabul qilingan donni yopiq sig‘imlarga kiritish to‘g‘risida;

- Tizim korxonalarida moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishlar olib boriladi.     


     Ko'chrib olish uchun / pdf / 143kb