Asosiy menu

Savdo yarmarkalari: Sifatli mahsulotlar, hamyonbop narxlar

Bayramlar arafasida yurtimiz aholisiga kafolatli va arzon narxlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish maqsadida Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy bozorlar va aholi gavjum bo‘lgan hududlarda yarmarkalar tashkil etish an’anaga aylangan.
Joriy yilning 10 dekabrdan 2020 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lgani kabi poytaxtimizning 12 ta markaziy bozorlarida ham yangi yil savdo yarmarkalari o‘tkazilmoqda. Unda «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar ham faol ishtirok etmoqda.
Yarmarkalarda kompaniya tizimidagi korxonalar tomonidan har xil turdagi oziq ovqat mahsulotlari, jumladan, guruch, makaron mahsulotlari, non va non mahsulotlari, qandolatchilik mahsulotlari arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda.
- Yarmarkadan men bugun guruch va farzandlarim uchun qandolatchilik mahsulotlarini xarid qildim – deydi Shoxista Xolmurodova – Askiya bozoridagi «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi yarmarkalarida sotiladigan guruchlar sifati va hamyonbop narxlari bilan bizga yoqadi.
Darhaqiqat, aholini xavfsiz va kafolatli tarzda, arzon mahsulot bilan ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan bunday yarmarkalar gavjum bo‘lib xalqimizga manzur bo‘lmoqda. Eslatib o‘tamiz, savdo yarmarkalari
2020 yilning 1 yanvar sanasiga qadar davom etadi.





Axborot xizmati.