Asosiy menu

“Omadli paxtakor dalasi”da ish qizg‘in

Andijon tumanidagi “Omadli paxtakor dalasi” fermer xo‘jaligi viloyatda birinchilar qatorida g‘alla bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajardi.

O‘tgan yili faoliyat boshlagan xo‘jalik 40 gektar umumiy yer maydoniga ega. 18 gektarli g‘allazorda barcha agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlangan bug‘doydan barkali hosil olindi. Xo‘jalik mirishkorlari g‘o‘za parvarishini ham uyushqoqlik bilan olib bormoqda.

Manba: UzA