Asosiy menu

Ko‘p tarmoqli xo‘jalik

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Yoqubboy Ashirov” fermer xo‘jaligi 212 gektar umumiy yer maydoniga ega.

Yuzdan ziyod ishchi mehnat qilayotgan xo‘jalik paxta va g‘alladan tashqari bog‘dorchilik, asalarichilik va baliqchilikni ham yo‘lga qo‘ygan. Joriy yilda, shuningdek, “Mang‘it pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan shartnoma asosida 26 quti ipak qurti parvarishlab, 1 tonna 645 kilogramm qimmatbaho xomashyo olishga erishdi. Xo‘jalikda ayni paytda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.


Manba: UzA