Asosiy menu

Yerdan samarali foydalanib...

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘on” fermer xo‘jaligi 73,7 gektar yerda paxta va g‘alla yetishtiradi.

O‘ttizga yaqin ishchi mehnat qilayotgan xo‘jalik 2014-yilda paxtadan 40, g‘alladan 64 sentnerdan hosil olishga erishdi. Daromad hisobidan ekin maydoniga olib keluvchi suv quvurini yotqizish, zovur va drenajlarni tozalash kabi agrotexnik-meliorativ tadbirlar amalga oshirildi. Natijada ekin maydonlarida suv ta’minoti yaxshilanib, hosildorlik yanada ortdi. Joriy yil ham xo‘jalik omilkorlari g‘alladan barakali hosil ko‘tarib, shartnoma majburiyatini ortig‘i bilan bajardi.

– Xo‘jalik yumushlaridan bo‘sh vaqtimda tomorqadagi issiqxonamda turli sabzavotlar hamda zaytun, palma, papaya ko‘chatlari yetishtiraman, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Chori Cho‘tpo‘latov. – Har bir qarich yerdan samarali foydalanish farovonlikning muhim omilidir.

Manba: UzA