Asosiy menu

Nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 96 fermer xo‘jaligi ayni kunlarda g‘alla hosilini Romitan don qabul qilish va urug‘chilik shoxobchasiga peshma-pesh yetkazib bermoqda.

Shoxobchada o‘rim-yig‘im mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olingan. G‘allani saralash uskunalari, birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan. Laboratoriyada tahlil ishlari sifatli amalga oshirilmoqda.


Manba: UzA