Asosiy menu

Xo‘jaylining xushta’m nonlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi “Alsiona Xojeli” xususiy korxonasida 15 turdagi non va qandolat mahsulotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Xo‘jayli tuman filiali ko‘magida 2013-yili korxonamiz zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, – deydi korxona rahbari Qodirbergan Matnazarov. – Bu yerda mehnat qilayotgan 6 kishilik jamoa aholi dasturxoniga kuniga 1 tonnaga yaqin tayyor mahsulot yetkazib bermoqda.

UzA