Asosiy menu

Bayram dasturxoniga noz-ne’matlar

Jizzax shahridagi “Markaziy” dehqon bozorida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan savdo yarmarkalari shu kunlarda yanada gavjum.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ta’minotini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan mazkur savdo yarmarkalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulaylik yaratilgan. 100 ga yaqin rastada sarxil mevalar, sabzavot, poliz, go‘sht, sut va sut mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda. Elektron to‘lovni amalga oshirish uchun terminallar o‘rnatilgan.

Mahsulotlar Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Jizzax, Zarbdor, Zomin, Forish, Paxtakor tumanlari fermer xo‘jaliklari tomonidan peshma-pesh yetkazib berilmoqda.

UzA