Asosiy menu

VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida manfaatli shartnomalar imzolandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 12 noyabrdagi farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2014 yil 14 oktabrda tasdiqlangan Dasturga muvofiq joriy yilning
28 oktabr - 3 noyabr kunlari VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o’tkazildi.
Birja doirasida 31 oktabr kuni “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar taqdimoti o‘tkazildi.
VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 17 mlrd. 500 mln. so’mga yaqin import o’rnini bosuvchi butlovchi qismlar, materiallar va texnika xarid qilish yuzasidan shartnomalar imzolandi.

Muallif: Axborot xizmati.