Asosiy menu

Ko‘ngillardan boshlangan obodlik

Prezidentimizning joriy yil 19-fevraldagi “2016-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ushbu ayyom oldidan o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida ham qizg‘in davom etmoqda.

Xalqimizga xos saranjom-sarishtalik, mehr-murvvat va sahovat belgisi hisoblangan mazkur tadbirda kompaniya xodimlari faol ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-martdagi farmoyishiga muvofiq hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi doirasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari xalqimizning Navro‘z bayramiga tayyorgarligi ramzi hisoblanadi.
Zero, obod va ko‘rkam maskanlardagi bayramning fayzi va shukuhi o‘zgacha bo‘ladi.
Ayni paytda kompaniyamiz tasarrufidagi korxonalarning 17181 nafardan ziyod ishchi xizmatchilar hasharda ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish, yangi daraxt va gul ko‘chatlari ekishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Kompaniya tizimida umumxalq hashari qizg‘in davom etmoqda.