Asosiy menu

2016 yil g’alla hosilini sertifikatlashtirishga tayyorgarlik

O’z vaqtida yig’ib olingan g’allani “O’zdonmahsulot” AKning don qabul qilish punktlarida sifatini tekshirgan holda qayta ishlash uchun saqlash va tayyorlashning ahamiyati katta.

Bug’doyni tayyorlash va etkazib berish talablari O’z DSt 880:2015 standartida belgilangan. Har bir don qabul qilish punktlarining sinov laboratoriyalari bug’doyni sinash, saqlash va tayyorlash uchun qo’llanma va yo’riqnomalariga ega. Bunga ko’ra sinovlarda foydalaniladigan o’lchov vositalari va sinov uskunalari o’z vaqtida davlat metrologik qiyoslovidan o’tkazilgan bo’lishi zarur.

Sinovlarni o’tkazuvchi hodimlar yetarli malakaga va bilimga ega bo’lishi kerak. Sinovlar o’tkaziladigan shart-sharoitlar standart talablariga mos kelishi zarur. Bug’doy donini toza, quruq, begona xidlardan holi bo’lgan, don zararkunandalari bilan zararlanmagan don omborlarida saqlash, shuningdek tashishda o’rnatilgan tartibda sanitariya qoidalari va saqlash shartlariga javob beruvchi transport vositalarida tashish talab etiladi. Bug’doy donini jojlash, tashish va saqlashda uning namligi, iflos qo’shimchalari va don qo’shimchalaridan kelib chiqqan holda toifalarga ajratiladi.

Yuqoridagilar yuzasidan “Qo’qon SSM” DKning sinov laboratoriyalari majmuasi hodimlari tomonidan Qo’qon shahar va atrof tumanlardagi don qabul qilish punktlarida 2016 yilning 10 – 12 may kunlari tushuntirish ishlari olib bordi.

http://qoqonssm.uz/