Asosiy menu

O'zbekistonda g'alla sifatiga yangi talablar tasdiqlandi

O'zbekistonda boshoqli o'simliklarning havfsizligi bo'yicha yangi tehnik reglament tasdiqlandi, deb habar bermoqda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 martdagi qaroriga iqtibos keltirgan holda Review.uz nashri.Havfsizlik talablari qattiq va yumshoq bug'doy, arpa, makka, tariq, javdar, suli, guruch, grechka, soga, tritikale (javdar va bug'doy gibridi), dukkakli o'simliklar – no'hat, yasmiq (chechevitsa), burchoq, mahalliy no'hat, loviya, mosh, bo'rilukkak, hashaki dukkakli o'simliklar, vika, shuningdek, moy olinadigan o'simliklar – kungaboqar, soya, mahsar, raps, g'o'za, zig'ir, yoryong'oq, kunjut, hantalga tegishlidir.Hujjat bilan oziq-ovqat va Yem-hashak uchun mo'ljallangan g'alladagi zaharli moddalarning yo'l qo'yiladigan chegaraviy darajalari, pestitsidlar, radionuklidlar miqdori, zararkunandalar bilan zararlanganligi, zararli aralashmalarning miqdori, o'ramga sanitar-gigiYenik talablar va boshqa ko'rsatkichlar belgilab berilgan.O'zbekistonning qishloq ho'jaligi umumiy hajmida boshoqli o'simliklar va g'o'za Yetishtirilishi 80 foizdan ko'proqni tashkil qiladi. O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasi dastlabki ma`lumotlariga ko'ra, 2015 yilda bracha toifadagi ho'jaliklarda qishloq ho'jaligi o'simliklari ekilgan Yer maydoni deyarli 3,7 mln gektarni egallagan.O'tgan yili O'zbekistonda 8 mln tonnadan ko'proq boshoqli o'simliklar, jumladan 7 mln tonna bug'doy Yetishtirilgan.2015 yilda Yetishtirilgan pahta hom ashyosi hajmi 3,36 mln tonnani tashkil qilgan.

http://kun.uz/uz/news/2016/04/12/ozbekistonda-galla-sifatiga-yangi-talablar-tasdiqlandi