Asosiy menu

Xaridorlarga manzur mahsulotlar

Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Azizbek Ruxsora biznes” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan 7 turdagi makaron mahsulotlari aholiga manzur bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.

– Dastlab tijorat bankidan olingan 60 million so‘m mablag‘ bilan faoliyat boshlagan edik, – deydi korxona rahbari J.Qilichev. – Olinayotgan daromaddan qolipli non ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy pech xarid qildik. Tez kunlarda qolipli non ishlab chiqarishni ham boshlaymiz. Bu 10 ga yaqin ishchi mehnat qilayotgan korxonamizda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Ishbilarmon tadbirkor mahsulotlarni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari va ichki bozorga yetkazib bermoqda. Mahsulot sexning o‘zida maxsus uskunalar yordamida qadoqlanmoqda.

UzA