Asosiy menu

Yordamchi xo’jaliklar faoliyati

Respublikada qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda munosib hissa qo’shish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar ishchi-xizmatchilari va respublikamiz aholisini arzon va sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida kompaniya tarkibidagi korxonalar qoshida 44ta yordamchi xo’jaliklar tashkil qilingan.
Ushbu yordamchi xo’jaliklarda 3950 bosh qoramol, 2150 bosh qo’y-echkilar, 130 ming parranda, 250 quti asalari va 11 gektar maydonda baliq boqish yo’lga qo’yilgan.
2014 yilda yordamchi xo’jaliklar tomonidan 135 tonna go’sht mahsulotlari, 1850 tonna sut mahsulotlari va 7,5 mln. dona tuxum yetishtirilgan.
Bundan tashqari, kompaniya tarkibidagi korxonalar va ularning don qabul qilish maskanlari hududlaridagi 137 gektar ekin maydonlaridan 550 tonna kartoshka, 400 tonna sabzavot, 310 tonna meva va uzum yetishtirilgan.

Muallif: Axborot xizmati.