Asosiy menu

2015 yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 2 mayda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida 2015 yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
Majlisda boshqarma va bo‘lim boshliqlari, tarkibdagi korxonalar rahbarlari, bosh muhandislari, laboratoriya mudirlari hamda bosh hisobchilar qatnashdi.
Majlis kun tartibida “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda 2015 yilning birinchi choragi yakunlari hamda birinchi yarim yillikda sohada amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Majlisda Vazirlar Mahkamasining “Joriy yilning birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholash to‘g‘risida”gi 2015 yil 24 apredagi 2-sonli bayoni va Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari kompleksining 2015 yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan majlis bayoni qarorlari ijro buyicha tegilshi ыarorlar qabul qilindi.
Hamda tarkibdagi korxonalar rahbarlari va mas'ul xodimlari zimmalariga aniq vazifalar belgilab berildi.