Asosiy menu

"O'zdonmahsulot" AK tomonidan 2016 yil I chorakda amalgam oshirilgan ishlar sarhisobi

Tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash va yangi quvvatlarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, axborot kommunikatsiya tizimini tadbiq etish ishlariga alohida e'tibor berildi.

Xususan, hisobot davrida korxonalarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni ishga tushirilishi bo‘yicha jami 7 ta loyiha amalga oshirildi. Jumladan 2 ta loyiha bo'yicha «Buxorodonmahsulotlari» va «Navoiydonmahsulotlari» korxonalarining tegirmon sexlari zamonaviy yangi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinib, ishga tushirildi.

Shuningdek hududiy dasturlarga asosan 3 ta non mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi sexlar «Asaka don mahsulotlari», «Jomboy don mahsulotlari» va «Don xalq rizqi» korxonlarida ishga tushirildi.

2016 yilning birinchi choragida 19 mlrd. 242 mln. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi hamda 48 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Mahsulot ishlab chiqarish o‘sish sur'atlarini bajarilishi bo‘yicha: tarmoqda taqqoslama narxlarda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha o‘sish sur'ati 107,2 foizni va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish bo'yicha o‘sish sur'ati 102,4 foizni tashkil etdi.

http://news.uzreport.uz/news_4_u_141422.html