Asosiy menu

Onlayn dastur shaffoflik va oshkoralikka xizmat qilmoqda

G‘alla hosilini elektron tarozi orqali fotofiksatsiyali onlayn qabul qilish dasturi qanday ishlaydi va u qanday funksiyalarga ega?
Maxsus himoyalangan login parol orqali ishga tushiriladigan O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha g‘alla hosilini qabul qilish dasturi hududlar, korxonalar, fermer xo‘jaliklari kabi menyularga ega.
Hududlar bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida g‘alla topshirishning kunlik, mavsumiy ko‘rsatkichlari aks etgan. Shuningdek, bo‘limda g‘alla topshirish ko‘rsatkichlarining kecha va bugungi kundagi holati to‘g‘risidagi ma'lumotlar jamlangan. Dasturda oxirgi yuborilgan ma'lumotlarning kiritilgan vaqtlari ko‘rsatib boriladi hamda ularni oldingi sana bo‘yicha ham olish imkoniyati mavjud.
Tovar va urug‘lik don bo‘yicha ko‘rsatkichlarni alohida yoki umumiy ko‘rish mumkin. Ular fizik va laborotoriya ma'lumotlari asosida hisobga olingan vaznlarda onlayn tarzda elektron tarozilar dasturiga hosil turi: arpa, bug‘doy yoki javdar bo‘yicha kiritiladi.
Har 2 soatda kiritilgan ma'lumotlar hisobotini olish va tahlil qilish uchun «Soatlik» tugmasini bosish va Exel formatga ko‘chirish mumkin. Shuningdek, ekrandagi ma'lumotlarni PDF formatga saqlab qo‘yish uchun «Chop etish» tugmasi bosiladi.
G‘alla qabul qilish jarayonini viloyatlar bo‘yicha ko‘rish «Viloyatlar» tugmasi orqali amalga oshiriladi. Viloyat tumanlari va u yerdagi rahbar sektorlar kesimida taqsimlangan holda kiritiladi. Shuningdek, tumunlar bo‘yicha ma'lumot olish ham xuddi shunday tartibda bo‘ladi.
Viloyatlar, tumanlar, don korxonalari va fermer xo‘jaliklari ma'lumotlarining sanalarini ko‘rish, hisobot shakllari, mahsulot turlari xamda vaznlari xam onlayn dasturda aks etgan.
Ushbu dastur orqali oshkoralik tamoyili yaratilib, fermer xo‘jaliklari uchun don qabul qilish jarayonida shafoflikni ta'minlashga erishilmoqda.
Ta'kidlash lozimki, Respublikamiz bo‘ylab g‘alla hosili yig‘im-terim mavsumi davom ettirilmoqda.

Axborot xizmati.