Asosiy menu

Barqaror yuksalish sari

2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalari tomonidan umumiy qiymati
16,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 12 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu loyihalarning barchasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan bo‘lib asosiy maqsad resurs tejamkorligiga erishish, mahsulot tannarxini arzonlashtirish, sifatini oshirishga qaratilgan.
Rejaga muvofiq shu yilning o‘zida «Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida ham kunlik quvvati 500 tonnani tashkil etuvchi tegirmon sexi modernizatsiyasi yakunlanadi. Bu maqsadda Turkiya davlatlarining sohadagi nufuzli «Alpala» kompaniyaci bilan hamkorlik o‘rnatilgan.
Hisob-kitoblarga qaraganda mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida korxonada elektr energiya tejamkorligi 20-25 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bundan tashqari mahsulot sifati oshib, ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlari yaxshilandi, sanoat xavfsizligi ta’minlandi.
Bu kabi ustuvor maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilayotgan ulkan loyihalar korxona taraqqiyotini ta’minlash bilan bir qatorda yurtimizda sanoat sohasi rivojining bir bo‘g‘iniga xizmat qiladi.



Axborot xizmati.