Asosiy menu

“Obod va ko‘rkam mahallam” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hayriya hashari

Navro‘z bayrami oldidan o‘tkazilayotgan «Obod va ko‘rkam mahallam» obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hayriya hashari kompaniya va tizim korxonalarida uyushqoqlik bilan o‘tkazildi

Umumxalq  xayriya hasharida kompaniya va tizim korxonalari xodimlari faol ishtirok etib, hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi.

Xayriya hashari korxonalarning ozoda va orastaligini, pokiza va obodligini ta’minlash, xalqimizning azaliy qadriyatlari davomiyligining yorqin  namunasi bo‘lmoqda.

Hashar xodimlarimizni korxonalarimizni ravnaqi uchun fidoyi bo‘lishga, uni yanada obod etish ishtiyoqi bilan yashashga, shu bilan birga xalqimiz ruhiyatini ko‘tarishga, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga, yurtimizdagi axillik, mehr-oqibat, tinchlik uchun shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlashga va Navro‘z bayramini munosib kutib olishga  xizmat qildi.