Asosiy menu

Respublika don qabul qilish shaxobchalari mavsumga tayyor

Joriy yilda davlat resursiga g‘alla qabul qilish tizimining jami 195 ta don qabul qilish maskanlari, shu jumladan 40 ta bosh korxona, 26 ta filial va 129 ta mavsumiy shaxobchalar tomonidan amalga oshiriladi.
Tizim korxonalari 2015 yil hosilini qabul qilish uchun shay xolatga keltirildi.
Korxonalar va don qabul qilish maskanlaridagi mavjud 193 ta laboratoriyalar, 311 ta avtomobil va temir yo‘l tarozilari davlat nazoratidan o‘tkazildi.
Korxonalar va ularga qarashli shaxobchalarda jami 64ta urug‘lik tozalash sexlari mavjud bo‘lib, bugungi kunga to‘liq mavsumga tayyorlandi. Shuningdek, 114ta avtoag‘dargichlar, 1004 dona ko‘chma uzatish anjomlari, 1 mln. 754 ming kvadrat metr maydonlar 100 foiz mavsumga tayyorlandi.
Mavsum davrida yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida don qabul qilish maskanlariga jami 49 dona o‘t o‘chirish mashinalari biriktirildi, 1 ming 180 komplekt yong‘in xavfsizligi qalqonlari va 244 ta suv hovuzlari tayyor holga keltirildi.
Xukumat topshirig‘iga asosan Ichki ishlar vazirligi, “O‘zdavdoninspeksiya”, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zdonmahsulot” AK va boshqa mas'ul tashkilotlar tomonidan Davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don qabul qilish bo‘yicha respublika Don qabul qilish shaxobchalarini mavsumga tayyorgarligi to‘g‘risida joylarda o‘rganish o‘tkazildi
Davlat ehtiyojlari uchun 2015 yil boshoqli don qabul qilish bo‘yicha respublika Don qabul qilish shaxobchalarini mavsumga tayyor.

Axborot xizmati.