Asosiy menu

Unumdorlik oshdi

«Sho‘rchidonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida bankning 7 milliard 545 million so‘mlik krediti hisobidan keng ko‘lamli modernizatsiyalash tadbirlari amalga oshirildi. Pirovardida bu yerda ishlab chiqarilayotgan un va un mahsulotlari sifati tubdan yaxshilandi. 
— Korxonamiz quvvati deyarli 45 foiz ortib, kuniga 600 tonnagacha bug‘doyni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi, — deydi jamiyat boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bekmirza Xo‘jamqulov. — Yangi dastgohlarning yana bir afzalligi, ularda energiya sarfi juda kam, samaradorlik esa yuqori. E'tiborlisi, ushbu uskunalarni boshqarish ham oson. 

 Manba: xs.uz