Yagona aksiyador qarorlari
Sahifalar:
- Kompaniyani davlat ro‘yxatiga o‘tkazish to‘g‘risida Guvohnomasi
- Ustav
- Ichki korporativ xujjatlar
- Qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi
- Affilangan shaxslar
- Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi
- Biznes-reja
- Yagona aksiyador qarorlari
- Kuzatuv kengashi qarorlari
- Muhim faktlar
- Kompaniyaning choraklik va yilik hisobotlari
- Auditorlarning xulosalari
- Dividendlar
- Aksiyalarni sotib olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar
- Boshqa ma’lumotlar
"O‘zdonmahsulot" AK yagona aksiyadorining 2023 yildagi qarorlari
№ | Sanasi | Kun tartibidagi masalalari | Ovoz berish yakunlari | Qarorlarning ta’rifi |
1 | 06.09.2023 | “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida | Yoqlab- 647566049 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. |
1. Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼmuriy binolaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi F-26-son farmoyishiga asosan jamiyat belgilangan tartibda tugatulgunga qadar Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan binoga bepul foydalanish huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirilishi belgilanganligi; “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida jamiyat ustavida uning joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerakligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. 2. Kompaniyaning yuridik manzili oʻzgartirilishi munosabati bilan uning yangi tahrirdagi Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Kompaniya Boshqaruv raisi Sh. Uzakov belgilangan tartibda Kompaniyaning yangi tahrirdagi Ustavini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin. |
2 | 29.05.2023 | 1. "O’ZDONMAHSULOT" AK Kuzatuv kengashi to’g’risidagi Nizomi”ni yangi tahrirda tasdiqlash.
2. “O’ZDONMAHSULOT” AK Yagona aksiyadorining 2020 yil 22 iyuldagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi Nizomi”ni bekor qilish to’g’risida. |
Yoqlab- 647566049 ta ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1. "O’ZDONMAHSULOT" AK Kuzatuv kengashi to’g’risidagi Nizomi” ilovaga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlasin.
2. “O’ZDONMAHSULOT” AK Yagona aksiyadorining 2020 yil 22 iyuldagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarini moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi Nizomi” o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin. |
«O‘zdonmahsulot» AK yagona aksiyadorining 2022 yildagi qarorlari
№ | Sanasi | Kun tartibidagi masalalari | Ovoz berish yakunlari | Qarorlarning ta’rifi |
1 | 5.04.2022 | 1. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisini lavozimidan ozod etish va o‘rniga yangi rahbarni tayinlash to‘g‘risida. | Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1. Pulatov Farrux Jaxongarovich o‘z ixtiyoriga asosan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan Kompaniya raisi lavozimidan ozod etilib u bilan tuzilgan menat shartnomasi 2022 yil 29 martdan bekor qilinsin.
2.«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniya boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga 2022 yil 5 apreldan Uzakov Shuxrat A’limovich tayinlansin. |
2 | 20.09.2022 | 1. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida.
2. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash to‘g‘risida. 3. «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasining qimmatli qg‘ozlar chiqarilishiga o‘zgartirish kiritish va o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash to‘g‘risida. |
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-168-son qarorining 4-ilovasiga va «Qishloqqurilishinvest» IK MChJdagi 5,47 foiz ulushini Davaktiv agentligiga o‘tkazib berilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomaga muvofiq «O‘zdonmahsulot» AKning ustav kapitali 200 000 dona oddiy aksiyalarni bekor qilish yo‘li bilan kamaytirilsin.
2.«O‘zdonmahsulot» AKning yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlansin. 3.«O‘zdonmahsulot» AKning ustav kapitalini kamaytirilishi munosabati bilan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin va kiritilgan o‘zgartirishlar matni tasdiqlansin. 4.«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv raisi v.b. Sh.Uzakov jamiyatning ustavini hamda qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga kiritiladigan o‘zgartirishlar matnini o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin. |
3 | 19.10.2022 | 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2021 yildagi ishlari bo‘yicha hisobotini eshitish.
2. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti va 2021 yilning asosiy natijalari hamda 2022 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash. 3. Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2021 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda halqaro audit standartlariga muvofiq 2021 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshirish natijalarini ko‘rib chiqish. 4. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat Taftish komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2021 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash. 6. Kompaniyada 2021 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasini ko‘rib chiqish. 7. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash. 8. Kompaniya Kuzatuv kengashi azolarini muddatini uzaytirish. 9. Kompaniya Taftish komissiyasi faoliyatini tugatish. 10. Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddatini o‘zaytirish, boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlash hamda boshqaruv tarkibini tasdiqlash. |
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2021 yildagi ishlari bo‘yicha hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti va 2021 yilning asosiy natijalari hamda 2022 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisoboti tasdiqlansin va kompaniya Boshqaruv ishlari qoniqarli deb hisoblansin. 3. Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2021 yil uchun moliyaviy hisoboti tasdiqlansin. «PERFECT-AUDIT» MChJ Auditorlik tashkiloti tomonidan kompaniyaning 2021 yil moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruv natijasida 2022 yil 20 apreldagi halqaro audit standarti bo‘yicha tuzilgan ijobiy xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan kompaniya Taftish komissiyasining 2022 yildagi xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2021 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlansin. 6. Kompaniyada 2021 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. Kompaniyaning 2021 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi taqsimlansin. 8. Kompaniya Kuzatuv kengashi azolarini muddatini uzaytirilsin. 9. Kompaniya Taftish komissiyasi faoliyati tugatilsin. 10. Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddati o‘zaytirilsin, boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlansin hamda boshqaruv tarkibi tasdiqlansin. |
4 | 22.11.2022 | 1. «O‘zdonmahsulot» AKning yangi tashkily tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida. 2. «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi 20 ta don korxonalarining ustav kapitaldagi «O‘zdonmahsulot» AKga tegishli ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risida. | Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev raxbarligida 2022 yil 11 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishi 40-son bayoni (16.05.2022 y 02-RA 1-7554-son topshiriq) hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 maydagi 02/1-1180-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan «Yo‘l haritasi»da berilgan topshiriqlar ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.«O‘zdonmahsulot» AK ning yangi tashkiliy tuzulmasi tasdiqlansin. 3.«O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi 20 ta don korxonalarining ustav kapitalidagi «O‘zdonmahsulot» AKga tegishli ulushlarini o‘tkaib berish bo‘yich qisqa muddatlarda Kompaniya kuzatuv kengashining navbatdan tashkari yig‘ilishi tashkil etilsin. 4.«O‘zdonmahsulot» AK mazkur ulushlarni o‘tkazish bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rsin. |
5 | 30.12.2022 | 1. «O‘zdonmahsulot» AKning 2022 yil to‘qqiz oylik moliya-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha divident to‘lash to‘g‘risida. 2. «O‘zdonmahsulot» AK Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini oshirish to‘g‘risida. | Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz | 1.Kompaniyayaning 2022 yil to‘qqiz oyi yakunlari bilan hisoblangan 53 054 996 ming so‘m miqdoridagi sof foydasining 75 foizi (39 791 247 ming so‘m) dividentga yo‘naltirilsin.
2.«O‘zdonmahsulot» AK Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizom kayta ko‘rib yagona aksiyadorga tasdiklash uchun kiritilsin. |
6 | 30.12.2022 | 1. «O‘zdonmahsulot» AKning qimmatli qog‘ozlar chiqarishiga o‘zgartirishlar kritish va o‘zgartirishlar matnini tasdiqlash to‘g‘risida. | Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz | 1.«O‘zdonmahsulot» AKning ustav kapitali kamaytirilishi munosabati bilan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga tegishli o‘zgarishlar kiritilsin va kiritilgan o‘zgarishlar matni tasdiqlansin.
2.«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv raisi Sh.Uzakov jamiyatning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga kiritiladigan o‘zgarishlar matnini o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin. |
«O‘zdonmahsulot» AK yagona aksiyadorining 2021 yildagi qarorlari
№ | Sanasi | Kun tartibidagi masalalari | Ovoz berish yakunlari | Qarorlarning ta’rifi |
1 | 25.06.2021 | 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktabrdagi PF-6096-son Farmoniga asosan qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yo‘li bilan "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda-Emitent)ning ustav fondini ko‘paytirish.
2. Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi Qarorini tasdiqlash. |
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktabrdagi PF-6096-son Farmoniga asosan qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish yo‘li bilan "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda-Emitent)ning ustav fondini ko‘paytirilsin.
2. Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi Qarorini tasdiqlansin. |
2 | 26.07.2021 | 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2020 yildagi ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
2. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, 2020 yilning asosiy natijalari hamda 2021 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash. 3.Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2020 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda halqaro audit standartlariga muvofiq 2020 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshirish natijalarini ko‘rib chiqish. 4. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat Taftish komissiyasining xulosasini ko‘rib chiqish. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash. 6. Kompaniyada 2020 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini hamda davlat ishtiroki bilan korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etishini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosalarini ko‘rib chiqish. 7. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash. 8.Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddatini uzaytirish. 9. Kompaniyaning 2021 yilgi faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash. |
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1. Kompaniya Kuzatuv kengashining 2020 yildagi ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlansin.
2. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, 2020 yilning asosiy natijalari hamda 2021 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlansin. 3.Kompaniya halqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan 2020 yil uchun moliyaviy hisobotni hamda halqaro audit standartlariga muvofiq 2020 yil uchun o‘tkazilgan audit tekshiruvi ijobiy xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 4. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat Taftish komissiyasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prizenidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq kompaniya boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlansin. 6. Kompaniyada 2020 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini hamda davlat ishtiroki bilan korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga rioya etishini baholash natijalari bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. Kompaniyaning 2020 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlasin. 8.Kompaniya boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnoma muddatini uzaytirilsin. 9. Kompaniyaning 2021 yilgi faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilasin. |
3 | 19.09.2021 | 1. "O‘zdonmahsulot" AK Kuzatuv kengashi a’zolarini tasdiqlash.
2. "O‘zdonmahsulot" AK taftish komissiyasi a’zolarini tasdiqlash. 3. "O‘zdonmahsulot" AK Ustavini va "Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi Nizomini yangi tahriri tasdiqlash. |
Yoqlab- 647 566 049 ovozlar, 100 foiz; Qarshi- 0 ovozlar, 0 foiz; Betaraf- 0 ovozlar, 0 foiz. | 1. "O‘zdonmahsulot" AK Kuzatuv kengashi a’zolari tasdiqlansin.
2. "O‘zdonmahsulot" AK taftish komissiyasi a’zolari tasdiqlansin. 3. "O‘zdonmahsulot" AK Ustavini va "Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi Nizomini yangi tahriri tasdiqlansin. |